Хуш келибсиз, Мехмон! [ Руйхатдан утиш | Кириш

Kitoblarni arzon narxlarda sotib oling
+ Эълон бериш

BREND REKLAMA    A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z SH CH 0-9

PFL MANAGER. FANTASY-FUTBOL O’ZBEKISTON SUPERLIGASI. 2018 YILGI MAVSUM

direction.uz 29.03.2018

pflmanager.uz o`yinga ro`yhatdan o`ting va SOVG’ALAR YUTIB OLING

Sovrinli ligalarda ishtirok eting va qimmatbaho sovg’alarni yutib oling! Shaxsiy ligalar tuzing va do’stlar yoki ishxonadagilar bilan bellashing!

 

OCHKO ISHLAB OLING

Jamoaingizdagi futbolchilar haqiqiy O’zbekiston Superligasida amalga oshirgan foydali harakatlari (gollar, golli paslar, quruq o’yinlar va boshqalar) uchun ochko keltiradi

 

MENING JAMOAM

£100 byudjetni ishlatib O’zbekiston Superligasi klublaridan 15 nafar futbolchidan iborat jamoa tuzing. Har bir turdan oldin asosiy tarkib futbolchilarini va sardorni tanlang. Kerakmas o’yinchilarni sotib, o’rniga boshqa futbolchilarni oling. Batafsil ma’lumot — o’yin qoidalarida.

pflmanager.uz

O’YIN QOIDALARI

JAMOA TUZING

£100 mln. byudjetni ishlatib Angliya premyer-ligasining 15 nafar futbolchisidan jamoa tuzing. Jamoada quyidagi amplua vakillari bo’lishi kerak:

• 2 darvozabon

• 5 himoyachi

• 5 yarim himoyachi

• 3 hujumchi

Siz bitta klubdan 3 nafardan ortiq futbolchi tanlay olmaysiz.

 

NOM TOPING

Jamoa tuzilgach unga nom qo’ying. Jamoa nomini barcha ko’radi va u jadvalda ko’rinadi.

Shundan so’ng telefon raqamingizni kiriting, biz sizga o’yinga kirish uchun parolni SMS orqali yuboramiz. Parolni saqlab qoling yoki eslab qoling. Keyinroq parolni profilda o’zgartirish mumkin.

Diqqat: siz ko’rsatgan telefon raqami boshqa foydalanuvchilarga ko’rinmaydi.

JAMOANI BOSHQARING

11 nafar asosiy tarkib futbolchilarini tanlang, ular sizga ochko keltiradi. Zaxiradagi futbolchilar avtomatik o’zgarish amalga oshmaguncha ochko olmaydi (pastga qarang). Sardorni tanlang: uning ochkolari 2 barobar ko’payadi.

Futbolchilarning maydondagi joylashuvi avtomatik amalga oshiriladi, har bir ampluada minimal talablar bajarilishi kerak: 1 darvozabon, 3 himoyachi, 2 yarim himoyachi va 1 hujumchi.

Jamoadagi barcha o’zgarishlar, taktik o’zgartirishlar bo’ladimi yoki transferlarmi barchasi dedlayngacha amalga oshirilishi lozim, ya’ni turning birinchi o’yinidan 1 soat oldin.

Agar asosiy tarkibdagi futbolchilardan kimdir haqiqiy o’yinda maydonga tushmagan bo’lsa, u avtomatik tarzda zaxirada birinchi turgan futbolchiga almashadi (zaxira ketma-ketligini o’zingiz aniqlaysiz). Shunday qilib, zaxiradan tushgan futbolchining ochkosi qo’shiladi. E’tibor qiling, sardorlik xususiyati zaxiradagi futbolchiga o’tmaydi.

Avtomatik o’zgarishlar turning barcha o’yinlari tugaganidan so’ng amalga oshadi.

TRANSFERLAR

Jamoa tuzgach transfer bozorida ularni sotish va sotib olish mumkin. Birinchi tur dedlayniga qadar transferlar soni cheklanmagan. Keyingi turlarda bepul transferlar soni bittani tashkil qiladi. Ishlatilmagan transfer keyingi turga o’tmaydi va kuyib ketadi.

Bepul transferga qo’shimcha ravishda tangalar orqali qo’shimcha transferlarga ega bo’lish mumkin.

Siz transferlarni tasdiqlagach ularni bekor qila olmaysiz.

FUTBOLCHILARNING NARXLARI

Futbolchilarning transfer narxlari mavsum davomida ularga bo’lgan talabga qarab o’zgarib boradi.

Jamoaingizdagi futbolchining transfer narxi o’zgarishini PFL Manager saytida ko’rish mumkin («Transferlar» sahifasi, «Jadval» bo’limi): BN — boshlang’ich narx (futbolchini sotib olingan narx), HN — futbolchining hozirgi narxi, SN — sotuv narxi (futbolchini sotishingiz mumkin bo’lgan narx). Agar hozirgi narx (HN) boshlang’ich narxdan (BN) oshgan bo’lsa, u holda sotuv narxi (SN) farqning yarmiga ko’payadi. Masalan, siz futbolchini £5 mln.ga sotib oldingiz, uning narxi £7 mln.gacha oshdi, uni siz £6 mln.ga sota olasiz. Agar aksincha bo’lsa, siz futbolchini £7 mln.ga sotib olgan bo’lsangiz, uning narxi £5 mln.ga tushgan bo’lsa, siz uni faqat £5 mln.ga sota olasiz

«Maydon» bo’limida (ya’ni maydonning o’zida) va PFL Managerning mobil ilovasida siz futbolchini hozir sota oladigan narxingiz (sotuv narxi) ko’rsatiladi.

OCHKOLARNI HISOBLASH

Sizning futbolchilaringiz PFLning haqiqiy o’yinda qilgan harakatlari uchun ochko jamg’arishadi.

Harakatlar Ochkolar
Barcha amplualar
Maydonga tushish 1
Maydonda 60 va undan ko’p bo’lsa 2
Golli pas 3
G’alaba to’pi 1
Sariq kartochka -1
Qizil kartochka -3
Avtogol -2
Noaniq penalti -2
Darvozabonlar
Gol 8
Quruq o’yin 4
Qaytarilgan penalti 4
Har o’tkazilgan ikkita gol -1
Himoyachilar
Gol 6
Quruq o’yin 4
Har o’tkazilgan ikkita gol -1
Yarim himoyachilar
Gol 5
Quruq o’yin 1
Hujumchilar
Gol 4
Bonuslar (barcha amplua uchun)
Xet-trik (bitta o’yindagi 3ta gol) 3
Poker (bitta o’yindagi 4ta gol) 4
Penta-trik (bitta o’yindagi 5ta gol) 5

Quruq o’yin uchun ochko maydonda kamida 60 daqiqa o’ynagan futbolchiga qo’shiladi.

Golli pas hisoblanadi quyidagi hollarda:

• uning pasidan so’ng sherigi gol ursa

• jarima to’pi yoki penalti ishlagan va o’sha standartdan gol urilgan bo’lsa (agar jarima to’pi yoki penalti ishlagan futbolchining o’zi gol ursa pas hisoblanmaydi)

• uning zarba/pasidan so’ng raqib futbolchisi o’z darvozasiga gol ursa (avtogol).

Agar pasdan keyin to’p raqib futbolchisidan rekoshet hosil qilsa yoki to’p darvoza ustuni/to’siniga tegib qaytsa golli pas hisoblanmaydi.

G’alaba to’pi: o’yinda urilgan yagona gol (1:0 yoki 0:1).

Qizil kartochkalar: agar futbolchi ikkinchi sariq kartochka olib maydonni tark etsa undan 4 ochko olib tashlanadi (sariq kartochka + qizil kartochka).

Agar himoyachi yoki yarim himoyachi chetlatilsa, qizil kartochkadan keyin jamoasi o’tkazgan olsa, jamoasi o’tkazgan har bir juft gol unga ham yoziladi (harakatlar va ochkolar jadvaliga qarang).

LIGALAR VA SOVG’ALAR

Jamoaingiz tuzilgach avtomatik tarzda Global ligaga va davlatingiz ligasiga qo’shiladi (davlatingiz siz kiritadigan raqam kodi orqali avtomatik aniqlanadi).

Bundan tashqari siz shaxsiy liga yaratishingiz va unga do’stlaringizni taklif qilishingiz mumkin. Siz ushbu liga qachon boshlanib qachon tugashini o’zingiz hal qilasiz. Ya’ni siz belgilagan kundan boshlab barchaning ochkolari noldan hisoblana boshlanadi.

Siz sovrinli va homiylik ligalarida ham ishtirok eta olasiz. Ushbu ligalar yaratilgan paytdan boshlab ochkolar hisoblanadi shu bois barchada QIMMATBAHO SOVG’ALAR uchun kurashish imkoniyati mutlaqo teng bo’ladi!

Sovrli va homiylik ligalarida qatnashish uchun profilni to’ldirish lozim. Bu ma’lumotlar boshqa foydalanuvchilarga ko’rinmaydi va faqat sovg’a yutib olganda sizni topish uchun xizmat qiladi. Sovg’alar yuk tashish xizmati yoki profilda yozilgan manzilga oddiy pochta orqali yetkaziladi.

Ochkolar tengligi: jamoalarning ochkolari teng kelib qolsa (yoki o’rin) quyidagi jihatlarga e’tibor qilinadi:

1. Ko’proq urilgan gol.
2. Ko’proq golli paslar.
3. Qizil kartochkalarning kamligi.
4. Sariq kartochkalarning kamligi.
5. Barchasi teng bo’lib qolsa — qur’a yordamida.

O`yinni boshlang va futbolni kuzatib boring

 

  

Жами кўрилди 416 , Бугун 9

  

Қўшимча реклама

Kitoblarni arzon narxlarda sotib oling

Шарх колдириш

  • AKSIYANING QISQA SHARTLARI: PEPSI

    by on 07.06.2018 - 2 Comments

    AKSIYANING QISQA SHARTLARI: “O‘yna. G‘olib bo‘l. Zavq ol” Aksiyasida ishtirok etish uchun quyidagilarni bajarish kerak: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan promo-etiketkali va promo-qopqoqli (sariq rangli), hajmi 0,5 L, 1L va 1,5 L bo‘lgan TM “Pepsi” mahsulotlarini xarid qiling. 1. Qopqoq ostida 8 raqamli kod va futbolchi ismini toping. 2. Kodni SMS* orqali 5700** qisqa raqamiga jo‘nating (yoki... Эълон хакида тулик маълумот

  • PFL MANAGER. FANTASY-FUTBOL O'ZBEKISTON SUPERLIGASI. 2018 YILGI MAVSUM

    by on 29.03.2018 - 0 Comments

    pflmanager.uz o`yinga ro`yhatdan o`ting va SOVG’ALAR YUTIB OLING Sovrinli ligalarda ishtirok eting va qimmatbaho sovg’alarni yutib oling! Shaxsiy ligalar tuzing va do’stlar yoki ishxonadagilar bilan bellashing! Бошка ўхшаш БрендларMakro supermarket dan super o`yin xarid qil va yutib ol!2016-yilning TOP-10 mashxur xeshteglariWebtransfer saytida ko`p pul ishlashUMSdan Yangi yil xushomadi – mayka-pologa ega bo’ling!UMS «Yangi yil marafoni» SMS-viktorinasiga start... Эълон хакида тулик маълумот

  • Недвижимость в Ташкенте Узбекистане от ABCD.uz

    by on 30.03.2018 - 0 Comments

    Операции по купле — продаже — аренды — мены — дарения в Ташкент — это одна из сложнейших сделок по отчуждению недвижимости. Недвижимость — это самый дорогой предмет по цене и сложна в подготовке к оформлению для купли -продажи, сдаче в аренду и в самом оформлении. Независимо от того жилая Бошка ўхшаш БрендларCota gatjetlarni havoda... Эълон хакида тулик маълумот

  • SOVG'ALARNI BERISH MARKAZLARI

    by on 07.06.2018 - 0 Comments

    Toshkent Mirzo Ulug’bek tumani, TTZ-1, Yuzrabod ko’chasi (Lokomotiv stadioni) Chilonzor tumani, Bunyodkor ko’chasi — 47 (Bunyodkor stadioni) Shayhontohur tumani, I.Karimov ko’chasi — 98A (Paxtakor stadioni)   Nukus T.Kaipbergenov ko’chasi, ASEM Savdo Markazi   Farg’ona Kichik Xalqa Yo’li, I.Karimov ko’chasi, Istiqlol stadioni   Andijon O’zbekiston ko’chasi-15 (mo’ljal — Oila market) Mashrab ko’chasi-6 (mo’ljal — Karvonsaroy mehmonhonasi,... Эълон хакида тулик маълумот

  • Почему мы?

    by on 13.05.2018 - 0 Comments

    Работа с недвижимостью всегда связана с большими затратами времени и сил. Cдать в аренду или продать свое имущество весьма не просто — разместив объявление, можно на долгое время лишиться покоя. Вас будут донимать расспросами потенциальные покупатели, беспокоить посредники и просто любопытные. А еще мы молчим о юридических формальностях, которые могут занять время. Чтобы избавиться от... Эълон хакида тулик маълумот

Facebookdagi sahifamiz